» » Putinning Ikkinchi jahon urushi haqidagi maqolasi e’lon qilindi. U Boltiqbo‘yi davlatlarining SSSRga qo‘shilishi qonuniy bo‘lgani haqida yozgan

Putinning Ikkinchi jahon urushi haqidagi maqolasi e’lon qilindi. U Boltiqbo‘yi davlatlarining SSSRga qo‘shilishi qonuniy bo‘lgani haqida yozgan


AQShning The National Interest jurnalida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ikkinchi jahon urushi haqida yozgan maqolasi chop etildi.

Maqola “Ikkinchi jahon urushining 75 yilligidan olingan haqiqiy saboqlar” deb nomlangan. Putin unda urush boshlanishiga sabab bo‘lgan omillar, turli davlatning birinchi bosqichdagi harakatlari va Molotov-Ribbentrop pakti haqida fikr bildirgan.

Mavzuga doir: Putin Kim Chen Inni G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan taqdirladi

“Mediazona” nashrining qayd etishicha, Putinga ko‘ra Boltiqbo‘yi davlatlarining SSSR mamlakatlari orasiga kirishi Molotov-Ribbentrop kelishuviga ko‘ra mazkur hududlar hukumatlari roziligi bilan amalga oshgan va o‘sha davrning xalqaro hamda davlat huquqiy me’yorlariga mos keladi.

Rossiya prezidenti Ikkinchi jahon urushi haqida maqola yozmoqchi ekanini 2019-yil dekabr oyida ma’lum qilgan. 14-iyunda Kreml maqolaning tayyor holatga kelganini bildirgan edi.

Putinning yozishicha, Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentropning Moskvaga ikki kunlik tashrifi Ikkinchi jahon urushi boshlanishining asosiy sabablaridan biri ekanini ko‘rsatish adolatli mushohada bo‘lmaydi. Barcha yetakchi davlatlar urush boshlanishida ma’lum ma’noda aybdor. Ularning har biri xato qilgan, boshqa bir davlatni aldash uchun bir tomonlama manfaatni ko‘zlab yoki yaqin orada sodir bo‘ladigan jahon miqyosidagi inqirozdan uzoq turishga intilgan. Oqibatda mazkur beparvoliklar va jamoaviy tarzda xavfsizlik tizimining shakllantirilmagani millionlab odamlarni halok qilgan.

Mavzuga doir: “Kimdir shu kabi narsa qilishga jazm etsa, biz yana takrorlaymiz”. Putin Ikkinchi jahon urushi haqida

The National Interest

Putin 2019-yil sentabr oyida Yevroparlament stalinizm, millatchilik va boshqa totalitar tizimlarni qoralash haqidagi rezolyutsiyani qabul qilganidan keyin Ikkinchi jahon urushi haqida maqola yozish maqsadi borligini bildirgandi. Rezolyutsiyada Ikkinchi jahon urushi ko‘p jihatdan Molotov-Ribbentrop kelishuvi oqibatida boshlangani qayd etilgan.

Putin rezolyutsiyaga keskin munosabat bildirib, fashistlar Germaniyasi va Sovet Ittifoqini bir xil deb baholash o‘taketgan surbetlik ekanini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Polsha TIV Sovetlarning 1939-yilda Polshaga bostirib kirishi haqidagi Putinning so‘zlarini tanqid qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют