» » La Liga prezidenti: “Ronalduning ketishi bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi”

La Liga prezidenti: “Ronalduning ketishi bizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi”


Ispaniya La Ligasi Prezidenti Xavyer Tebas Krishtianu Ronalduning “Real”dan ketishi va Lionel Messining Ispaniya chempionatidagi ishtiroki haqida gapirdi.

“Krishtianuning ketishi, Madridni ranjitgan bo‘lsa-da, La Ligaga deyarli ta’sir ko‘rsatmadi. Biz yillar davomida La Liga brendini alohida o‘yinchilar mavqeyidan kuchliroq qilish ustida ishladik.

Ammo Messi bilan bog‘liq vaziyat umuman boshqacha. Messi — futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi. Bu borada omadimiz chopgan, boisi u har doim bizning ligamizda o‘ynagan. Menimcha, Messining ketishi sezilarli bo‘lardi, ayniqsa, agar boshqa ligaga o‘tganida.

Lionel Messi — Ispaniya futbolining ramzidir. Men undan faoliyatini chempionatimizda yakunlashini so‘ragan bo‘lardim. Messining ketishi fojia bo‘lmaydi, boisi biz usiz ham televizion shartnomalar imzolaymiz. Ammo eng asosiysi uning La Ligaga berayotgan qiymatidir. Messi doimo bizni qoyil qoldirib keladi”, — deydi Tabas.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2009—2018-yillarda Ispaniya La Ligasida (“Real”) to‘p surgan. Messi esa faoliyatini (2004-yilda debyut qilgan, “Barselona”) Ispaniya chempionatida boshlagan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют