» » Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligi sababini ma’lum qildi

Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida mag‘lubiyatga uchrashi mumkinligi sababini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasi vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan pochta orqali ovoz berish jarayonlarida raqiblariga yutqazib qo‘yishi mumkin. Bu haqda Tramp The Washington Times’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Pochta orqali ovoz berish — men yutqazishim mumkin bo‘lgan yagona variant, chunki demokratlar aldaydi, talaydi va o‘g‘rilik qiladi”, — deydi Amerika yetakchisi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, demokratlar ayrim hududlarga, asosan, respublikachilar pozitsiyasi kuchli bo‘lgan mintaqalarga byulleten yubormayapti. Amerika prezidentining ta’kidlashicha, bu kabi ovoz berish usuli qonun buzilishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, Tramp sobiq vitse-prezident Jo Baydenni 2016-yilgi saylovlarda o‘ziga raqib bo‘lgan AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton bilan taqqoslaganda eng kuchsiz siyosiy raqib deb hisoblaydi.

“U kuchsiz, biroq mashina (Demokratlar partiyasi) kuchliroq, chunki ular umidsizlikda”, — deydi Tramp.

Avvalroq Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida yutqazsa, nima bilan shug‘ullanishini aytgan edi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenligiga saylovlar 2020-yil 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bunda amaldagi prezident Donald Trampga yagona raqib Demokratlar partiyasidan bo‘lgan 77 yoshli Jo Baydendir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют