» » Minsk aholisi prezident saylovi kampaniyasi davomida siyosatchilar va faollarning qo‘lga olinishiga norozilik belgisi sifatida “birdamlik zanjir”iga tizildi

Minsk aholisi prezident saylovi kampaniyasi davomida siyosatchilar va faollarning qo‘lga olinishiga norozilik belgisi sifatida “birdamlik zanjir”iga tizildi


Belarus poytaxti Minsk shahrida prezident saylovida Aleksandr Lukashenkoning raqiblari uchun imzo to‘plash maqsadida uyushtirilgan namoyishda bir necha kilometrli navbat yuzaga keldi. Bu namoyish prezident saylovi kampaniyasi vaqtida qo‘lga olingan faollar va siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil qilingan. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Qayd etilishicha, “birdamlik zanjiri” deb atalayotgan aksiya Minskning asosiy ko‘chasi bo‘lgan Mustaqillik shohko‘chasida 18-iyun kuni kechki payt boshlangan va bunday zanjirlar prezidentlikka nomzodlar Yuriy Gubarevich, Nikolay Kozlov, Olga Kovalkovaga imzo yig‘ilayotgan joylarda yuzaga kelgan. “Bugun belarusliklar erkinlik uchun navbatga turdi va o‘ziga kerak bo‘lgan munosabatni talab qildi”, — deya ma’lum qilgan Olga Kovalkova.

Minsk vaqti bilan soat 22:00 da “birdamlik zanjiri” Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab taxminan besh kilometrga cho‘zildi. Haydovchilar birdamlik belgisi sifatida aksiya ishtirokchilariga signal chaldi. Militsiya shohko‘chani qisman yopdi. Aksiyada ikki mingdan ortiq odam ishtirok etgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Minskda 18-iyun kuni Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babariko qo‘lga olingan. Rasmiylar Babarikoni “Belgazprombank”da noqonuniy tashkilotga rahbarlik qilganlikda ayblamoqda. Babariko bankni 20 yilda davomida boshqargan. Avvalroq “Belgazprombank”ning sobiq va amaldagi xodimlariga nisbatan soliqlarni to‘lamaslik va pul yuvish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Yana bir muxolifatchi — Sergey Tixanovskiy 29-may kuni militsiya xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib qo‘lga olingan. Prezidentlik poygasida rasman blogerning rafiqasi ishtirok etmoqda. Blogerga nisbatan jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzuvchi harakatlar tashkil qilish va tayyorlash aybi qo‘yilgan.

Belarusda prezidentlik saylovi 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют