» » “Barselona” sobiq murabbiyi Karlos Unsue bedavo kasallikka chalindi

“Barselona” sobiq murabbiyi Karlos Unsue bedavo kasallikka chalindi


“Barselona” sobiq murabbiyi Xuan Karlos Unsue bedavo kasallikdan aziyat chekayotganini haqida ma’lum qildi.

53 yoshli mutaxassisga yon tomonlama amitrofik skleroz tashxisi qo‘yilgan. Ushbu kasallik vaqt o‘tishi bilan mushak yemirilishi va falajlikka olib keladi.

Katalon klubi unga dalda berish maqsadida Twitter’dagi sahifasida shunday deb yozib qoldirdi: “Xuan Karlos, biz sizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Kuchli bo‘l, murabbiy”.

Ma’lumot uchun, Unsue futbolchilik (darvozabon) faoliyati davomida “Sevilya”, “Barselona”, “Osasuna” va “Tenerife” jamoalarida to‘p surgan. Futbolchilik faoliyatini tugatgach, u 2003—2010-yillarda “Barselona” darvozabonlariga murabbiylik qilgan.

2013-yilda esa “Selta” klubida Luis Enrikega yordamchi bo‘lib ishlagan. 2014-yilda u bilan birgalikda “Barselona” boshqaruviga kelgan. 2017-yilda mustaqil ish boshlab, “Selta” murabbiyi etib tayinlangandi. Uning so‘nggi klubi “Jirona” bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют