» » Ford Mustang Mach-E avtomobilida rulni ushlamasdan ham harakatlanish mumkin bo‘ladi

Ford Mustang Mach-E avtomobilida rulni ushlamasdan ham harakatlanish mumkin bo‘ladi


Ford kompaniyasi avtomobillarni avtonom boshqarishga mo‘ljallangan Active Drive Assist nomli tizimini taqdim etdi. U 2021-yilda Mustang Mach-E elektrokrossoverlariga o‘rnatiladi. Yangilik haydovchiga biror-bir ishni qilayotganida ma’lum muddat rulni ushlamasdan ham harakatlanish imkonini beradi, deb xabar qiladi Motor.

Active Drive Assist tizimi Amerika kompaniyasi haydovchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqayotgan Co-Pilot 360 texnologik loyihasining bir qismi hisoblanadi. Yangi texnologiyani birinchi bo‘lib Mustang Mach-E elektrokrossoveri egalari sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Avtopilotga ega bo‘lish uchun mijozlar Active 2,0 paketiga ega Mustang’ni buyurtma qilishlari, shundan so‘ng tizimning ishlashi uchun alohida dasturiy ta’minot xarid qilishlari kerak.

Avtopilot texnologiyasiga ega avtomobil avtonom holatda tashqi maxsus datchik va kameralar yordamida belgilangan marshrut bo‘yicha harakatlanadi. Ayni vaqtda Ford o‘zining tizimi bazasiga 5 ta shtatdagi 160 ming kilometrdan ortiq yo‘llarni kirgizib chiqqan. Hozirda avtopilot faqatgina yirik avtomagistrallarga mo‘ljallangan.

Shuningdek, yangi texnologiya haydovchi yo‘ldan chalg‘iganini payqay oladi. Active Drive Assist’ning elementlaridan biri haydovchiga yo‘naltirilgan infraqizil kamera bo‘lib, u haydovchining qarashlari va boshining holatini sezadi. Amerika kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, mazkur tizim haydovchi qoraytirilgan ko‘zoynakda yoki himoya niqobida bo‘lsa ham ishlayveradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют