» » Mashhur bo‘lganidan keyin sevgilisini tashlab ketgan Bollivud aktrisalari

Mashhur bo‘lganidan keyin sevgilisini tashlab ketgan Bollivud aktrisalari


Pul va mashhurlik insonni o‘zgartiradi. Quyidagi aktrisalar hayotiga nazar tashlab, bu ibora qanchalik to‘g‘ri ekanligiga amin bo‘lish mumkin.

Dipika Padukone

Aktrisa hamda model Nihar Pandya o‘rtasida uzoq vaqtlar jiddiy munosabatlar bo‘lgan. Mumbaydagi aktyorlik maktabida uchrashgan juftlik hatto birgalikda Ximesha Reshammining klipida suratga ham tushgan. Filmlarda suratga tushish uchun taklif ko‘payganidan keyin esa Dipika “eski” sevgilisini tashlab, Ranbir Kapur bilan uchrashishni boshlagan. Keyinchalik Dipika hamkasbi Ranvir Sinx bilan, Nihar esa xonanda Niti Mohan bilan turmush qurgan.

Priyanka Chopra

Priyanka Chopra 2000-yilda “Dunyo go‘zali” deb topilguniga qadar aktyor Asim Merchant bilan uchrashgan. Merchant ayrilganlaridan keyin bir necha yil o‘tgan bo‘lsa-da, Priyankaning hayoti haqida film suratga olish istagi borligini bildirgan. Bundan achchiqlangan Priyanka sobiq sevgilisini sudga ham bermoqchi bo‘lgan. Aktrisa hozirda amerikalik xonanda Nik Jonasning rafiqasi, Asim bo‘lsa shu vaqtga qadar uylanib ajrashishga ham ulgurgan.

Anushka Sharma

Anushka Sharma va Zoxeb Yusuf modellik karyerasini boshlashdan avval uchrashishni boshlagan. Bangalorda boshlangan munosabatlar Mumbayda ham davom etgan. Anushka “Tangri yaratgan juftlik” filmida suratga tushib, mashhurlkka erisha boshlagan, Zoxebning esa bu borada omadi chopmagan va Bangalorga qaytib ketgan. Anushka keyinchalik Virat Kohli bilan turmush qurgan.

Ayshvariya Ray

Bugungi kunda Bachchanlar oilasining kelini sifatida ma’lum bo‘lgan Ayshvariya karyerasining boshida bir qancha aktyorlar bilan uchrashgan. Hali mashhur bo‘lib ulgurmagan vaqtlari model Radjiv Mulchandani bilan, kino olamiga qadam qo‘yib esa aktyor Salmon Xon bilan munosabatda bo‘lgan.

Jaklin Fernandes

Jaklin ham sevgi borasida tanlovi o‘zgarib turadiganlardan. Bollivudga qadam qo‘yishidan avval Bahrayn shahzodasi Hasan Bin Rashid al-Halifa bilan sevishgan aktrisa keyinchalik rejissor Sajid Xon, keyin esa bir qancha yigitlar bilan uchrashgan. Ular orasida aktyor Salmon Xon ham bor.

Aliya Bxatt

Aktrisa “Yil talabasi” filmida debyut rol ijro qilib, mashhurlikka erishguniga qadar Ali Dadar bilan uchrashgan. Maktab vaqtlari boshlanib, uzoq yillar davom etgan sevgi hikoyasining tugashiga Aliyaning suratga olish jarayonida Siddxart Malhotra bilan munosabat boshlagani sabab bo‘lgan. Aktrisa hozir Ranbir Kapur bilan birga, lekin juftlik ajrashish arafasida degan mish-mishlar tarqalgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют