» » Orenburgda Opel Kadett kabi ko‘rinishga ega ikki eshikli “Moskvich-401” yaratildi

Orenburgda Opel Kadett kabi ko‘rinishga ega ikki eshikli “Moskvich-401” yaratildi


Orenburg viloyatida joylashgan qishloqlarning birida ikki eshikli “Moskvich-401” sotuvga qo‘yildi. Avtomobil oddiy “401” modeli asosida yaratilgan, deb xabar beradi Carakoom.

Avtomobil ishqibozlari “Moskvich-401” Opel Kadett prototipidan farqli o‘laroq hech qachon ikki eshikli kuzovda ishlab chiqarilmaganini yaxshi biladi. Modelning orqa eshiklari payvandlab tashlangan, markaziy ustuni esa orqa g‘ildirak arkalari tomon surilib, qolgan ikki eshikning uzunligi oshirilgan. Kuzov jigarrangga bo‘yalgan va unga qo‘lda yasalgan old hamda orqa bamperlar o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, mashinaga enli rezina kiydirilgan zamonaviy g‘ildirak diskalari o‘rnatilgani sabab uning qanotlari kengaygan. Shuningdek, orginal orqa fonarlari va orqani ko‘rish oynasi ham zamonaviy.

Avtomobilning texnik tavsifi haqida biror-bir ma’lumot berilmagan. Noodatiy “Moskvich” 250 ming rublga (3,5 ming dollar) sotilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют