» » O‘zbekistonda yosh bolani parvarish qilayotgan shaxsning mehnat huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin

O‘zbekistonda yosh bolani parvarish qilayotgan shaxsning mehnat huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik haqidagi yangi modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Ta’kidlanishicha, ayni paytda ushbu hujjat mas’ul qo‘mita tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan videokonferensiya tarzida tashkil etilgan tadbir ushbu qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasida bir qator yangiliklar ko‘zda tutilgan. Misol uchun, Jinoyat kodeksining amaldagi tahririda faqat yosh bolani parvarish qilayotgan ayolning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Qonun loyihasida esa yosh bolani parvarish qilayotgan shaxsning, ya’ni ayol yoki erkakning mehnat huquqlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik haqidagi yangi modda bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

“Tadbirda aynan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga beriladigan himoya orderi masalasi xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyat olib boradigan NNT vakillari tomonidan qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Jumladan, Reabilitatsiya va moslashtirish markazlari mas’ullari ishtirokchilarga himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi huquqiy hujjat ekanligini qayd etishdi. Hozirgi kunda mingdan ortiq jabrlangan ayollar himoyaga olingani va ularga amaliy choralar bilan bir vaqtda ruhiy yordam ham berilayotgani, shu bilan birga, himoya orderining zarurligi haqida ma’lumotlar berishdi”, — deyiladi xabarda.

Muhokamalar jarayonida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish yo‘nalishida mavjud bo‘lgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi davlat organlari hamda NNT vakillarining fikr-mulohazalari hamda taklif va tavsiyalari tinglangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston qonunchiligida ayollarga qanday imtiyozlar berilgan?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют