» » Peterburg teraktining ehtimoliy buyurtmachisi nomi oshkor etildi. Uning taxallusi — Abu Saloh al-O‘zbekiy

Peterburg teraktining ehtimoliy buyurtmachisi nomi oshkor etildi. Uning taxallusi — Abu Saloh al-O‘zbekiy


Rossiya Tergov qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburg metrosidagi terakt buyurtmachisi Abu Saloh al-O‘zbekiy taxallusli dala qo‘mondoni bo‘lishi mumkinligi haqidagi axborotni tekshirmoqda. Bu haqda, kuch tuzilmalaridan manbaga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, asli Qirg‘izistonning O‘sh shahridan bo‘lgan Abu Saloh al-O‘zbekiy Suriyada jang qilayotgan “Tavhid val-Jihod” guruhi yetakchisi hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda maxsus xizmatlar uning Peterburgdagi teraktga aloqadorligi yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Peterburgdagi terakt buyurtmachisi “qariyb aniqlangani”ni ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют