» » O‘zbekistonda abituriyentlarning qabul va imtihonlar bo‘yicha savollariga javob beradigan Call-markaz tashkil etildi

O‘zbekistonda abituriyentlarning qabul va imtihonlar bo‘yicha savollariga javob beradigan Call-markaz tashkil etildi


O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalari savollariga javob beradigan Call-markaz tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Call-markaz tashkil etildi. Mazkur Call-markaz abituriyentlar va ularning ota-onalarini kirish imtihonlari va qabul bo‘yicha qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, fuqarolar +99871 246 38 57 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, savollariga javob olishi mumkin. Call-markaz dushanbadan shanbagacha har kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi (tushlik soat 13:00 dan 14:00 gacha).

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, respublikadagi barcha OTMlarda ham qabul jarayonida Call-markazlar ishlaydi va ular haqida alohida ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 kvota berilgan. Shuningdek, OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi. Xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi.

Bakalavriat uchun abituriyentlardan hujjatlar 20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni ham) DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Bakalavriat uchun kirish imtihonlari faqat ikkita mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi. Kirish imtihonlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют