» » Tachmurod Agamurodov: “Qizilqum”ning 3 daqiqada 3 ta gol o‘tkazib yuborishga haqqi yo‘q edi

Tachmurod Agamurodov: “Qizilqum”ning 3 daqiqada 3 ta gol o‘tkazib yuborishga haqqi yo‘q edi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (4:0) so‘ng mehmonlar ustozi Tachmurod Agamurodov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Shogirdlarim bir yarim taym yaxshi o‘ynashdi. Afsuski, birinchi goldan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytirishi kerak edi. Ammo unday bo‘lmadi.

Uch daqiqada uch gol o‘tkazib yuborishni tushunish qiyin. Jamoaning bunga haqqi yo‘q edi. 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganingda , hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo‘ladi, biz esa aksincha 3 ta gol o‘tkazib yubordik. Bugun har tomonlama raqibga yutqazib qo‘ydik. “Qo‘qon-1912”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman”, — deydi Agamurodov.

“Qo‘qon-1912” ustozi Baxtiyor Ashurmatov esa ushbu g‘alabani jamoa muxlislariga bag‘ishlashini aytdi:

“Bugungi uchrashuv asabiy va qiyin tarzda kechdi. Murabbiy sifatida birinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan ko‘nglim to‘lmadi. O‘ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Tajribali murabbiylardan biri sanalgan Tachmurod Agamurodov yaxshi jamoa shakllantirgani ko‘rinib turibdi. Ular birinchi taymda ancha tartibli o‘yin namoyish qilishdi.

Raqib jamoa a’zolari bizning qanday hujum uyushtirishimizni, qanday himoya qilishimizni oldindan bilgan holda harakat qildi. Shuning uchun birinchi bo‘limda qiynaldik.

Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldi deya olmayman. Faqat so‘nggi daqiqalarda “Qizilqum” futbolchilari qarshi hujumga berilib ketdi va biz bundan foydalandik. Bugungi o‘yin uchun ayniqsa, ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmayotgan paytda o‘zlarida kuch topib, o‘yinda burulish yasashgani uchun shogirdlarimga minnatdorchilik izhor etaman. Birinchi bo‘limda muxlislar yetishmagani sezilib turdi. Ularning tezroq maydonga qaytishlarini istaymiz. Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz”.

Mazkur g‘alabadan keyin qo‘qonliklar musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Navoiyliklarning esa hamon omadi yurishmayapti. Jamoa o‘tkazilgan 5 ta turda bor-yo‘g‘i 1 ochko to‘plagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют