» » Vadim Abramov “Paxtakor”ga qarshi o‘yindagi 0:5 haqida: “Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi”

Vadim Abramov “Paxtakor”ga qarshi o‘yindagi 0:5 haqida: “Hisob o‘yinga mos bo‘lmadi”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 5-turi doirasida o‘tgan “Paxtakor” — “Bunyodkor” uchrashuvidan (5:0) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Vadim Abramov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Nima ham der edim, “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman! Fikrimcha, hisob o‘yinga mos emas. Afsuski, futbolda ba’zida shunday bo‘lib turadi. Aytishim mumkin, bugun “Paxtakor”ning darvozamiz tomon yo‘llagan barcha zarbasi golga aylandi. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsakda, o‘yinni borishini o‘zimiz tomonga o‘zgartira olgandik, biroq gol ura olmadik. Aksincha, 40-daqiqadan keyin nimalardir bo‘ldi va hisob yiriklashib ketdi.

Raqib darvozasi oldida yuzaga keltirayotgan vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak. Bizda aksi bo‘lyapti. Yosh bolalardek xatolarga yo‘l qo‘yyapmiz. Ikki hujumchimiz darvozaga yaqinlashsa-yu, vaziyatni ijobiy yakunlash o‘rniga to‘pni oyoqqa moslashtira olmasak? Nazarimda bu mahorat bilan bog‘liq. “Paxtakor”da esa “klass”i yuqori darajadagi o‘yinchilar ko‘p”, — deydi Abramov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “sherlar” bosh murabbiyi Shota Arveladze qatnashdi.

“Jizzaxdagi o‘yin bilan taqqoslaganda bugun ko‘proq futbol o‘ynadik. Bu “Bunyodkor”ni futbol o‘ynashni xush ko‘radigan jamoa ekanligidan dalolat. Aslida yomon o‘ynaysanmi yaxshimi, futbol o‘ynashga harakat qilish kerak. Bugungi g‘alaba o‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan keyin juda kerak edi. Ilk daqiqada gol urdik. 1:0 hisobi vaqtida Eldor Suyunov jamoani goldan qutqardi. Oldingi mag‘lubiyatdan keyin yaxshi o‘ynadik”, — dedi gruziyalik mutaxassis.

“Paxtakor” mazkur g‘alabadan keyin 12 ochko to‘plagan holda, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, “Bunyodkor”ning ochkolari (9) o‘zgarishsiz qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют