» » Sport vazirligi Peshku tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilganiga munosabat bildirdi

Sport vazirligi Peshku tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi xodimlarining majburiy mehnatga jalb etilganiga munosabat bildirdi


19-iyun kuni “Kun.uz”da Peshku tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida trenerlarning majburiy mehnatga jalb qilinganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilingandi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati mazkur xabarda qayd etilgan vaziyat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Vazirlik topshirig‘iga asosan, Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbari boshchiligidagi mas’ul xodimlar mazkur holatni o‘rganish uchun Peshku tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabiga borgan.

Holat mas’ullar tomonidan o‘rganilgach, xodimlarga o‘z faoliyatidan ortiqcha vazifa bergan Peshku tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i hamda tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktoriga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shuningdek, Buxoro viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘iga bu kabi holatlar boshqa takrorlanmasligi yuzasidan qattiq ogohlantirish berilgan.

Mavzuga doir: Senat raisi: “Tungi navbatchilik majburiy mehnatga kiradi”

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi trenerlar va xodimlarning o‘zboshimchalik bilan majburiy mehnatga jalb etilishini oldini olish maqsadida tizimdagi barcha tashkilot va muassasalarda tushuntirish ishlarini kuchaytiradi.

Mahalliy yoshlar uchun Peshku tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qarashli markaziy o‘yingoh investitsiya dasturi asosida qayta rekonstruksiya qilinib, 2020-yilning o‘zida foydalanishga topshiriladi”, – deyilgan xabarda.

Mavzuga doir: Andijonda karantin payti budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют