» » American Airlines niqob taqishdan bosh tortgan yo‘lovchiga ushbu aviakompaniya reysida uchishni taqiqladi

American Airlines niqob taqishdan bosh tortgan yo‘lovchiga ushbu aviakompaniya reysida uchishni taqiqladi


American Airlines niqob taqishdan bosh tortgan yo‘lovchini reysdan olib, niqob taqish tartibi bekor qilinguncha ushbu aviakompaniya orqali uchishni taqiqladi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Voqea 17-iyun kuni, Nyu-Yorkdan Dallasga uchishi lozim bo‘lgan samolyot bortida sodir bo‘lgan. 11-maydan kuchga kirgan qoidaga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli bolalar, imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek sog‘lig‘i tufayli niqob taqa olmaydigan kishilardan tashqari barcha yo‘lovchilar niqob taqishi lozim bo‘lgan. Biroq Bredon Straka ismli erkak bundan bosh tortgan. New York Times’ning yozishicha, boshqa yirik aviakompaniyalar ham shu kabi tartibga amal qiladi.

Aviakompaniya xodimlari agar u niqob taqmasa, reysdan tushirib yuborishga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida ogohlantirgan, ammo Bredon unga niqob taqish yoqmasligini bildirgan. Oqibatda uni shu aviakompaniyaning boshqa reysiga ko‘chirishgan.

Biroq ertasi kuni, 18-iyunda American Airlines aviakompaniyasi niqob taqish talabi bekor qilingunga qadar Bredon Strakaga ushbu kompaniya orqali parvoz qilish taqiqlanishini e’lon qilgan.

Mazuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют