» » Xitoylik ayol 10 yil farq bilan egizak farzandlarni dunyoga keltirdi

Xitoylik ayol 10 yil farq bilan egizak farzandlarni dunyoga keltirdi


Xitoyning koronavirus tufayli mashhur bo‘lgan Xubey provinsiyasida yashovchi ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Agar bu holat 10 yillik farq bilan yuz bermaganida uning yangiligi qolmasdi, deb yozadi Esquire.

Van ismli xitoylik ayol besh yil davomida homilador bo‘la olmadi. Shundan so‘ng ayol sun’iy urug‘lantirishga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

U birinchi marta ushbu muolajani 2009-yilda qildirdi. Homiladorlik davrini ayol shifokorlar nazoratida o‘tkazdi.  2009-yilning iyun oyida u sog‘lom o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bolaga Lu Lu deb ism qo‘yishdi.

Biroq oradan bir necha yil o‘tib Lu Lu ota-onasidan uka yoki singil olib kelib berishni so‘radi. Shunda er-xotin ularga farzandli bo‘lishga yordam bergan klinikaga yana bir bor murojaat qildi. Bu paytda Van 41 ga kirib qo‘ygan edi.

Klinikada avvalgi muolajadan embrionlar qolgan edi. Ulardan eng muvaffaqiyatlisi Lu Luning dunyoga kelishiga sabab bo‘lgan embrion edi. Bu esa juftlikning ikkinchi farzandi Lu Luning egizagi bo‘lishini anglatardi.

Van ikkinchi o‘g‘lini 16-iyun kuni dunyoga keltirdi. Bu oyda Lu Lu 10 yoshga to‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni xuddi uning akasiniki singari 3,5 kilogramm edi.

Xitoylik er-xotin ikkinchi o‘g‘illariga Tong Tong deb ism qo‘ydi. Bu xitoy tilidan tarjima qilinganida “xuddi o‘sha” degan ma’noni anglatadi.

Mavzuga doir: Fransiyada 30 yil ichida ilk bora olti egizak dunyoga keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют