» » Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari

Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari


Turk seriallaridagi sevimli qahramonlarimizni gavdalantirgan aktrisalarning hayotda ham do‘st ekanligini bilish yoqimli. Quyida suratga olish maydonchalarida tanishib, do‘stlashgan aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.

Hande Erchel va Burju O‘zberk

Hande Erchel va Burju O‘zberk 2015-yilda “Gunesh qizlari” serialining suratga olish maydonchasida tanishgan. Sujetga asosan opa-singillar rolini jonlantirgan aktrisalar, keyinchalik qalin do‘st bo‘lib qolgan. Ular o‘rtasidagi do‘stlik yaxshi-yomon kunlarda ham sinalgan, bunga Handening onasi vafot etganidan keyin Burju dugonasining yonida turib uni qo‘llab-quvvatlagani, ruhan yordam bergani ham misol bo‘la oladi.

Nur Fettaho‘g‘lu va Selma Ergench

Suratga olish ishlari erta-yu kech davom etganidan keyin jamoa xohlasa-xohlamasa yaqin bo‘lib ketgani bilan, do‘stlik munosabatlarini har kim ham serial yakuniga yetganidan keyin davom ettiravermaydi. Aktrisalar o‘rtasida mustahkam do‘stona munosabatlarning boshlanishiga “Muhtasham yuz yil” filmi sababchi bo‘lgan. Unda Mohidavron sultonni gavdalantirgan Nur Fettaho‘g‘lu va Sultan Sulaymonning singlisi Hadicha roli orqali yaxshi tanish bo‘lgan Selma Ergench, serial o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa ham iliq munosabatlarni saqlab qolgan. Bunga ularning turli ziyofat, tadbirlarga birgalikda tashrif buyurishi va jurnalistlarga bergan intervyularida yaqin do‘stliklari haqida ta’kidlaganlari misol bo‘la oladi.

Neslixon Atagul, Gekche Akyildiz va Bashak Parlak

O‘zbek muxlislariga “Sevgi iztirobi”, “Elchining qizi” filmlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Neslixon Atagul, “Ishq sohillari” serialining suratga olish jarayonida Gekche Akyildiz va Bashak Parlak bilan do‘st bo‘lib qolgan. 2019-yilda aktrisa Gekche o‘zining mo‘jazgina kafesini ochgan va unga dugonalari Neslixon va Bashakni ham taklif qilgan. Aktrisalar imkon topildi deguncha bir-biri bilan muloqotga kirishadigan darajada do‘st ekanliklarini ta’kidlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют