» » Yevropa ittifoqi Belarus hukumatidan hibsga olingan prezidentlikka nomzod Babarikoni ozod qilishni so‘radi

Yevropa ittifoqi Belarus hukumatidan hibsga olingan prezidentlikka nomzod Babarikoni ozod qilishni so‘radi


Yevropa ittifoqi Belarus hukumatidan prezidentlik saylovlarida ishtirok etadigan nomzod Viktor Babariko va uning o‘g‘li Eduardni hibsdan ozod qilishni so‘radi. Bu haqda Yevropa tashqi aloqalar xizmatining 19-iyunda bergan bayonotida ma’lum qilingan.

“Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babariko va uning o‘g‘li Eduard jinoiy ishga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan. Yevroittifoq Belarus hukumatidan ulardan hali isbotini topmagan ayblovlarni olib tashlashi va qonun ustuvorligi, shaffof tergov hamda advokat yollash imkonini taqdim qilishi zarur. Har qanday tergov xolis va siyosiy bosimsiz o‘tkazilishi lozim”, – deyilgan bayonotda.

Shuningdek, Yevroittifoq Belarusda 9-avgustda o‘tadigan prezidentlik saylovlari ham raqobat muhitida, erkin bo‘lishini ta’minlashi kerakligini qayd etgan.

“Hech bir nomzod siyosiy jihatdan cheklov choralari tufayli ro‘yxatga olish jarayonidan chetda qolib ketmasligi lozim”, – deya qayd etilgan bayonotda.

Yevroittifoqdagilar Belarus hukumati xalqaro majburiyatlarni bajargan holda inson huquqlari va so‘z erkinligi me’yorlariga bo‘ysunishi kerakligini ta’kidlagan.

“Ular potensial nomzodlarga nisbatan har qanday cheklovlardan tiyilishi, tinchlik yo‘li bilan tashkillashtirilgan namoyishlarga to‘sqinlik qilmasligi va qamoqqa olingan jamoatchilik faollarini ozod qilishi lozim. Tinchlik yo‘li bilan norozilik namoyishi o‘tkazganlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari xavotir uyg‘otadi”, – degan bayonot mualliflari.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Babariko 18-iyun tongida saylov komissiyasiga imzolar to‘plangan qog‘ozlarni tashlab kelish uchun chiqib ketgan va aloqaga chiqmagan. Keyinroq u va uning o‘g‘li noqonuniy faoliyatda ayblanib qamoqqa olingani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Babariko hibsga olingan kuni ularni ozod qilishni so‘rab Minskda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazilgan.

Yana bir muxolifatchi — Sergey Tixanovskiy 29-may kuni militsiya xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib qo‘lga olingan. Prezidentlik poygasida rasman blogerning rafiqasi ishtirok etmoqda. Blogerga nisbatan jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzuvchi harakatlar tashkil qilish va tayyorlash aybi qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют