» » O‘zbekistonda Prezident taqdim etgan ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi

O‘zbekistonda Prezident taqdim etgan ayrim soliq imtiyozlari bekor qilinadi


“Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida” prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Farmonga muvofiq:

Shuningdek, farmonga muvofiq Prezidentning qator farmon va qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilib, qator soliq imtiyozlari bekor qilinmoqda.

Jumladan, Prezident farmonida belgilangan yosh oila a’zolarining soliqqa tortiladigan ish haqi va boshqa daromadlarning shaxsiy uy-joy yoki ko‘p qavatli uyda xonadon qurish, ta’mirlash va sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlari va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan mablag‘ni daromad solig‘idan ozod qilish to‘g‘risidagi norma 2021-yil 1-yanvardan bekor qilinadi.

Farmon 2020-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.

Avvalroq Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani, unga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 24 tadan 67 taga oshirilib, ruxsat olish talablari va soliq to‘lovlari deyarli bekor qilingani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarga boshlang‘ich yordam puli va uy-joy ajratish tizimi yaratiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют