» » Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi Suriya armiyasiga aviazarba berdi

Isroil Golan tepaliklari yaqinidagi Suriya armiyasiga aviazarba berdi


Isroil samolyotlari 21-aprel kuni Suriya armiyasi egallab turgan pozitsiyalarga ikkita raketa uchirdi. Aviazarbalar moddiy talafotlarga olib kelgan. Bu haqda Suriya armiyasi vakiliga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

“RIA Novosti” bilan suhbatlashgan harbiyning aniqlik kiritishicha, raketalar Suriya armiyasi Qunaytra atrofida terrorchilar hujumini qaytarayotgan paytda uchirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu harakat “Isroilga yaqin bo‘lgan” terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurashni davom ettirishga xalaqit bermaydi.

“Interfaks”ning Isroil armiyasiga asoslanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, ular Isroil tomonidan nazorat qilinadigan hududga snaryadlar uchirilishiga javob tariqasida Suriya hududidagi uchta pozitsiyaga hujum uyushtirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют