» » “Ilhom” teatrining aktyori Rustam Esanov vafot etdi

“Ilhom” teatrining aktyori Rustam Esanov vafot etdi


“Ilhom” teatrining iste’dodli aktyori Rustam Esanov vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Rustam Esanov o‘zining mahorati, iste’dodi va yorqin obrazlari bilan tomoshabin qalbidan joy ola bildi. Teatr va kino san’atida o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan aktyor rejissor sifatida ham bir nechta spektakllar sahnalashtirgan edi. Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rustam Esanov “Oppoq, oppoq, qora laylak” film spektaklida, “Bo‘rilar 2. Quvg‘in” (2008-yil), Rossiyaning “Salamandra izlari” (2009-yil) kabi filmlarda rol ijro etgan.

Mavzuga doir: Saida Mirziyoyeva — “Ilhom” teatri haqida: “Biz teatrimizni hech kimga xafa qildirib qo‘ymaymiz”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют