» » Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1 mln kishidan oshib ketdi

Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 1 mln kishidan oshib ketdi


Braziliyada yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 million kishidan oshib ketdi. Bu haqda 19-iyun kuni e’lon qilingan rasmiy statistikaga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida yana 54 771 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, bu 16-iyun kuni qayd etilgan rekord ko‘rsatkichni (salkam 35 ming kishi) yangilagan.

Butun mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 032 913 kishiga yetgan.

Hozirga qadar Braziliyada 48 953 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lsa, 507 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya 13-iyun kuni koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha dunyoda AQShdan keyingi 2-o‘ringa chiqib olgan edi. Ta’kidlanishicha, AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni mamlakatning Birinchi jahon urushidagi qurbonlari sonidan oshib ketgan.

Mavzuga doir: Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 8 milliondan oshdi

Braziliya 19-may kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Britaniyadan o‘zib ketib, dunyoda 3-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 23-may kuni Rossiyadan o‘tib, 2-o‘ringa ko‘tarilgandi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 5-iyundan Braziliyadagi koronavirusga oid muhim statistikani e’lon qilishni to‘xtatib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют