» » “Rostov”ning 17 yoshli darvozaboni RPL rekordini o‘rnatdi

“Rostov”ning 17 yoshli darvozaboni RPL rekordini o‘rnatdi


“Rostov” darvozaboni Denis Popov “Sochi” qarshi o‘yinida (1:10) bitta uchrashuvda amalga oshirilgan seyvlar bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasi rekordini o‘rnatdi.

17 yoshli darvozabon “Sochi” bilan o‘yinda o‘z jamoasini 15 marta muqarrar goldan qutqarib qoldi. Bungacha eng yaxshi ko‘rsatkich 13 ta seyvga teng edi. Rossiya chempionatining ushbu mavsumidagi rekord esa 11 ta bo‘lgan.

Rossiya Premyer Ligasining 23-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Sochi” o‘z maydonida “Rostov”ni qabul qildi. Uchrashuv Sochidagi “Fisht” stadionida bo‘lib o‘tdi va 10:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi.

Qayd etish joiz, “Rostov” tarkibida “Sochi”ga qarshi o‘yinda 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘ynadi. Avvalroq, rostovliklarning olti nafar o‘yinchisida koronavirus infeksiyasi mavjudligi aniqlanib, butun jamoa va murabbiylar shtabi ikki haftalik karantinga olingandi. “Rostov” uchrashuvni keyinga qoldirishni so‘ragan, ammo “Sochi” rahbariyati bunga rad javobini bergan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют