» » O‘zbekistonning tashqi qarzi 25 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekistonning tashqi qarzi 25 mlrd dollardan oshdi


O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2020-yilning dastlabki uch oyi yakunlariga ko‘ra 25,1 milliard dollarni tashkil qildi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, qarz miqdori yil boshidan 2,8 foizga yoki 692 million dollarga oshdi.

“Ushbu jarayon COVID-19 virusi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarning jalb qilinishi bilan izohlanishi mumkin”, — deya tushuntirish bergan Markaziy bank.

Tashqi qarz davlat qarzi va xususiy qarzdan iborat. Davlat qarzi miqdori 16,2 milliard dollarni, xususiy qarz esa 8,9 milliard dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga qayd etilishicha, jahon pandemiyasi sharoitida fond bozorlarida birja kotirovkalarining pasayishi oqibatida O‘zbekiston suveren obligatsiyalarining bozor narxlari kamaydi.

Qarz qaytarilishiga kelsa, birinchi chorakda 132 million dollar miqdoridagi asosiy qarz va 93 million dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют