» » Fransiyada sud tomonidan erta tongda qichqirish ruxsatini olgan Moris laqabli xo‘roz vafot etdi

Fransiyada sud tomonidan erta tongda qichqirish ruxsatini olgan Moris laqabli xo‘roz vafot etdi


Fransiyaning Sharanta departamentida sud tomonidan rasman ertalab qichqirishga ruxsat berilgan Moris laqabli xo‘roz vafot etdi. Parranda olti yoshda bo‘lgan, deb yozadi France Blue.

Ta’kidlanishicha, Moris o‘tkir rinitdan vafot etgan.

“Bu yuragimni parchalab yubordi. Biz yangi xo‘roz sotib oldik va uni ham Moris deb atadik. U ham yaxshi qichqiradi. Biroq u hech qachon bizning Morisimiz bo‘la olmaydi”, — deydi xo‘roz egasi Korin Fesso. Uning tan olishicha, xo‘roz may oyida o‘lgan, biroq u bu haqda endigina ma’lum qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin mahalliy aholi Morisni sudga bergan edi. Da’vo arizasida u erta tongda qichqirib, odamlarning uxlashiga xalaqit berayotgani qayd etilgandi.

2017-yilda Moris va uning bekasiga qarshi ikkita petitsiya tashkil qilinib, 155 ming kishi tomonidan imzolangan. 2019-yilning iyulida esa sud bo‘lib o‘tgan, biroq javobgarlarning hech biri unga kelmagan. 2019-yilning sentabrida esa Roshfor kommunasi sudi da’voni rad etib, Morisning qichqirishiga ruxsat bergan.

Mavzuga doir: Shveysariyada sud kechasi qichqiradigan xo‘rozga tunda sukut saqlash majburiyatini yukladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют