» » “Manchester Yunayted” APLda “Liverpul”ning natijasini takrorladi

“Manchester Yunayted” APLda “Liverpul”ning natijasini takrorladi


“Manchester Yunayted” Angliya Premyer Ligasining 30-turi doirasida mehmonda “Tottenhem” darvozasini ishg‘ol etdi. Uchrashuv Londondagi “Tottenhem” stadionida bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab mezbonlar 28-daqiqada Steven Bergveynning goli evaziga oldinga chiqib olishdi, ammo o‘yin tugashi arafasida Bruno Fernandesh penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” Premyer Liga o‘yinlari o‘tkazilgan barcha (59) stadionlarda gol kiritishga erishdi. Ilgari ushbu natijani “Liverpul” qayd etgandi, deb xabar berdi Gracenote Live.

“Manchester Yunayted” 46 ochko to‘plagan holda Premyer Liganing 5-pog‘onasida joylashgan bo‘lsa, London klubi 42 ochkosi bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют