» » Key-Liga. Aliboyevning “Seul”i yana mag‘lub bo‘ldi, Jamshid Iskandarov jamoasi so‘nggi daqiqalar qurboniga aylandi

Key-Liga. Aliboyevning “Seul”i yana mag‘lub bo‘ldi, Jamshid Iskandarov jamoasi so‘nggi daqiqalar qurboniga aylandi


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan 20-iyun, shanba kungi bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.

“Seul” jamoasi o‘z uyida “Ulsan Hyonday”ni qabul qildi. Uchrashuvning 62-daqiqasida seulliklar Chu Se Jonning chetlatilishidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi. Natijada mehmonlar sondagi ustunlikdan unumli foydalangan holda ikkita to‘p kiritishga erishdi. Byorn Maars Yonsen va Junior Negaoning gollari o‘yin masalasini hal qildi.

Uchrashuvda o‘zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboyev 87 daqiqa harakat qildi. Shu tariqa “Seul” ligadagi ketma-ket beshinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Parallel kechgan bahsda “Sonnam” jamoasi “Sanju Sanmu”ni mehmon qildi. Mazkur o‘yinda “armiyachilar” ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan gol urgan holda g‘alabani ilib ketdi.

“Sonnam” vakili Jamshid Iskandarov o‘yinda to‘liq harakat qildi. Jamoaning mag‘lubiyatli seriyasi to‘rt o‘yinga yetdi.

“Sonnam” 8 ochko bilan 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 6 ochkoga ega “Seul” 10-pog‘onani band etgan.

Key-Liga

8-tur bahslari

20-iyun, shanba

Gollar: 0:1 – 66 Yonsen, 0:2 – 90+1 Negao.

Gol: 0:1 – 90+1, penalti Mun Chan Jin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют