» » Foto: Hind kinosi afsonalari avval va hozir

Foto: Hind kinosi afsonalari avval va hozir


Hind kinosanoatiga o‘ziga yarasha hissa qo‘shgan afsonaviy aktyorlar hozir qanday ko‘rinishga ega? Quyida ushbu savolga fotolar orqali javob beramiz.

Amitabx Bachchan

Amitabx Bachchan hind kinosanoatining tirik afsonasi hisoblanadi. U 77 yoshda bo‘lishiga qaramay, sport bilan faol shug‘ullangani sabab ancha yosh ko‘rinadi.

Dxarmendra

70-yillarning eng kelishgan aktyorlaridan biri bo‘lgan Dxarmendra hayoti davomida depressiya, spirtli ichimlikka o‘rganib qolish kabilarni boshidan kechirgan. Ayni vaqtda aktyor 84 yoshda.

Prem Chopra

Prem Chopra muxlislarga salbiy qahramonlarni gavdalantirgani bilan yaxshi ma’lum. 84 yoshda bo‘lgan aktyor 60 yillik aktyorlik tajribasiga ega.

Jitendra

Hozir filmlarda suratga tushmayotgan bo‘lsa ham o‘ziga xos ijrosi bilan muxlislar xotirasida qolgan aktyor ayni vaqtda 70 yoshda.

Mitxun Chakraborti

Iste’dodli va istarali Mitxun Chakraborti o‘z davrida ayollarning kumiri bo‘lgan. 69 yoshda bo‘lgan aktyor hozir ham rollari bilan muxlislar quvonchiga sababchi bo‘ladi.

Dilip Kumar

50-yillar hind kinematografiyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyorlardan biri bo‘lgan Dilip Kumar “Ko‘hinur”, “Ganga va Jamna”, “ Devdas” (1955) filmlarida qoyilmaqom rol ijro qilgan. Ayni vaqtda aktyorning sog‘lig‘i yaxshi emas.

Jeki Shroff

63 yoshli aktyor “Mening qalbim”, “Uch jahldor erkak” filmlaridagi rollari bilan yaxshi tanish.

Kabir Bedi

“Bag‘dod o‘g‘risi”, “Sahro shahzodasi”, “Kobra” va boshqa bir qancha filmlarda suratga tushgan Kabir Bedi ayni vaqtda 74 yoshda.

Rakesh Roshan

Bollivud yulduzi Ritik Roshanning otasi Rakeshning tashqi ko‘rinishiga qarab, o‘tgan yillar qiyofasiga unchalik ta’sir qilmagan, degan xulosaga kelish mumkin. Bir necha yillar avval saraton tashxisi qo‘yilgan aktyor hozir 70 yoshda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют