» » Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi


20-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vaziri Kubatbek Boronov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston hukumati rahbari o‘z hamkasbini bosh vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va O‘zbekiston—Qirg‘iziston munosabatlarining yangi sur’atlar bilan izchil rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar yaqin kunlarda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati delegatsiyalarining oxirgi martda uchrashuvi 2019-yil avgust oyida Bishkekda o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Aripov So‘xdagi voqealardan so‘ng 1-iyun kuni Kubatbek Boronov bilan Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi “Chechme-Avtodorojniy” nazorat-o‘tkazish punktida uchrashgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют