» » APL. “Arsenal” 95-daqiqadagi gol tufayli mag‘lub bo‘ldi, “Lester” ham so‘nggi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

APL. “Arsenal” 95-daqiqadagi gol tufayli mag‘lub bo‘ldi, “Lester” ham so‘nggi soniyalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Arsenal” 20-iyun, shanba kuni “Brayton” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Nikolya Pepe londonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 75-daqiqada Lyuis Dank muvozanatni tikladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqt tugashi arafasida Nil Mope mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa mikel Arteta shogirdlari yana ochko yo‘qotdi va 40 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Yana bir o‘yin “Uotford” va “Lester” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvda hisob so‘nggi daqiqaga kelib ochildi, Ben Chilluel 90-daqiqada “tulkilar”ni oldinga olib chiqdi. Biroq maydon egalari bunga 93-daqiqada Kreyg Dousonning goli bilan javob qaytardi.

“Lester” 54 ochko bilan 3-o‘ringa joylashgan, “Uotford” (28) esa 16-pog‘onada bormoqda.

APL

30-tur bahslari

20-iyun, shanba

Gollar: 0:1 – 90 Chiluell, 1:1 – 90+3 Douson.

“Uotford”: Foster, Kabasele, Femeniya (Mariappa, 77), Douson, Mazina (Holebas, 88), Dukure (Kleverli, 77), Kapu (Chaloba, 77), Pereyra (Uelbek, 69), Hyuz, Sarr, Dini.

“Lester”: Shmeyhel, So‘yunchu, Chiluell, Evans, Jastin, Ndidi, Meddison, Olbrayton (Iheanacho, 83), Barns (Grey, 65), Tilemans (Chouduri, 76), Vardi.

Ogohlantirish:Tilemans (40).

Gollar: 0:1 – 68 Pepe, 1:1 – 75 Dank, 2:1 – 90+5 Mope.

“Brayton”: Rayan, Dank, Uebster, Bern, Skelotto (Montoyya, 71), Muy (March, 46), Propper, Gross (Konnolli, 71), Bissuma (Mak Allister, 90), Trossard (Stivens, 87), Mope.

“Arsenal”: Leno (Martines, 40), Belyerin, Kolashinats, Mustafi, Holding, Genduzi, Sebalyos (Uillok, 88), Pepe (Nelson, 87), Lyakazett (Nketia, 78), Obameyang, Saka (Tirni, 87).

Ogohlantirishlar: Bern (30), Muy (44), Lyakazett (54).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют