» » Andrey Kanchelskis: “Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi”

Andrey Kanchelskis: “Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Navbahor”—“Buxoro” uchrashuvidan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Mirislom Hasanov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘yin yaxshi bo‘ldi. Futbolchilarimizga rahmat aytaman. Uchta vaziyatda bizga omad yetishmadi. Yaqqol vaziyatlarni qo‘ldan boy berdik. O‘yindan o‘yinga yanada yaxshiroq harakat qila boshlaymiz, deb umid qilib qolaman.

Bir nechta muhim futbolchilarsiz o‘ynadik. Legionerlarimiz pandemiya sababli yetib kela olmadi. Yoshlarga imkon berishga harakat qildik. Ular menimcha, yaxshi o‘ynadi. Hujumlarni yakunlashda biroz tajriba kamlik qildi. Ligada iloji boricha yuqoriroq o‘rinni egallashni maqsad qilganmiz. “Navbahor” yaxshi jamoa. Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Kelgusi o‘yinlarda omad tilab qolaman”, — deydi Hasanov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis qatnashdi.

“O‘zingiz ko‘rdingiz, uchrashuv juda og‘ir o‘tdi. Ikkinchi taymda, ayniqsa, “Buxoro” klubiga qarshi turish qiyin kechdi. Yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq ulardan unumli foydalana bilmadik. Aks holda hisob yanada yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.

Buxoroliklarga minnatdorchilik bildiraman. Ular o‘zlarida yuzaga kelgan muammolarga qaramasdan, kuchli o‘yin namoyish etdi. Bir nechta vaziyatda tajriba yetishmadi. Jamoa so‘nggi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, ruhiy jihatdan ancha chidamli ekanligini namoyish eta oldi”, — deydi rossiyalik mutaxassis.

Mazkur g‘alabadan keyin “Navbahor” ochkolari sonini 8 taga yetkazib olgan bo‘lsa, “Buxoro” mavsumdagi 4-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 1 ochko bilan hamon musobaqaning so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют