» » RPL. “Zenit” Moskvada SSKAni tor-mor keltirdi, “Spartak” 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi

RPL. “Zenit” Moskvada SSKAni tor-mor keltirdi, “Spartak” 5 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan 20-iyun, shanba kungi bahslar yakunlandi.

Turning markaziy o‘yini SSKA va “Zenit” jamoalari ishtirokida kechdi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Branislav Ivanovich piterliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Malkom mehmonlarning ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda braziliyalik futbolchi dublini nishonlagan holda, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi soniyalarida Sebastyan Driussi penaltini golga aylantirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:4.

Shu tariqa “Zenit” ochkolarini 53 taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni mustahkamladi. “Armiyachilar” (36) esa 5-pog‘onada qoldi.

“Spartak” Tulada “Arsenal” mehmoni bo‘ldi. Dastlab uchta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olgan moskvaliklar ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda ikkita to‘p o‘tkazib yubordi. Biroq bu “Spartak”ning g‘alabasiga to‘sqinlik qilmadi.

RPL

23-tur bahslari

20-iyun, shanba

Gollar: 0:1 – 2 Ivanovich, 0:2 – 9 Malkom, 0:3 – 45 Malkom, 0:4 – 90+4, penalti Driussi

SSKA: Akinfeyev, Fernandes (Tiknizyan, 84), Karpov, Vasin (Maradishvili, 46), Nababkin (Magnusson, 46), Sigurdsson (Biyol, 65), Oblyakov, Vlashich, Bistrovich (Kuchayev, 76), Diveyev, Chalov.

“Zenit”: Lunev, Rakitskiy, Karavayev, Ivanovich, Duglas Santos, Ozdoyev, Barrios, Kuzyayev (Yeroxin, 62), Malkom (Driussi, 61), Dzyuba, Azmun (Sutormin, 74).

Ogohlantirishlar: Diveyev (5), Oblyakov (10), Ozdoyev (50), Yeroxin (81).

Chetlatish: Karpov (89).

Gollar: 1:0 – 7, avtogol Pablo, 1:1 – 39 Kvaratsxeliya, 1:2 – 56 Bakayev.

Gollar: 0:1 – 44 Sobolyev, 0:2 – 66 Rasskazov, 0:3 – 79 Ponse, 1:3 – 90+4 Lutsenko, 2:3 – 90+9 Lesovoy.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют