» » Ulug‘bek Baqoyev: “Istalgan jamoani mag‘lub etish mumkin”

Ulug‘bek Baqoyev: “Istalgan jamoani mag‘lub etish mumkin”


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin har ikkala jamoa bosh murabbiylari o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘yin haqida fikr bildirar ekan, jamoa oldiga har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish vazifasi qo‘yilgani haqida gapirdi:

“Raqib klub Superligadagi eng yaxshi tarkibga ega jamoalardan biri. Undan tashqari, ular mamlakat vitse-chempioni hisoblanadi. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilgan edik va kutganimizdek bahs bo‘lib o‘tdi.

Biz har bir jamoani hurmat qilamiz. Ularning mavqeyidan qat’i nazar har bir uchrashuvga maksimal ravishda tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bu — futbol. Agar barcha futbolchilar o‘zlariga yuklangan vazifani 100 foiz to‘g‘ri bajarsa, istalgan jamoani mag‘lub etish mumkin.

Biz har bir uchrashuvga g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Mening oldimga ham aynan shu vazifa qo‘yilgan. Mavsum yakunida ko‘rsatgan o‘yinimizga mos bo‘lgan pog‘onani egallaymiz”.

Matbuot anjumaning ikkinchi qismida esa “Lokomotiv” bosh murabbiyi Andrey Fyodorov qatnashdi.

“Karantindan keyingi ikkinchi o‘yinda ham biz hududiy ustunlikka ega bo‘ldik. Shuningdek, “So‘g‘diyona”dan ham shunday o‘yinni kutgandik. Ammo raqiblarning yo‘llagan ikki zarbasi va golida o‘zimiz aybdormiz. Dastlabki o‘yinda ham biz gol urish uchun ko‘plab vaziyatga ega bo‘lgandik. Hozir bizda vaziyatdan foydalanish borasida muammolar bo‘lmoqda. O‘tgan o‘yinni tahlil qilib, 3-4 kun davomida bu borada qattiq ter to‘kkandik. Himoyadagi ishlarimiz ham yurishmayapti. Bunga qadar himoyada bunaqa o‘ynamagandik. Endi yo‘lga qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash borasida ishlash kerak. Shuningdek, ruhiy holat ham unchalik yaxshi bo‘lmayapti. Tarkibimizda tajribali futbolchilar juda ko‘p. Bu bizga yuborilgan bir sinov. Biz ushbu holatdan chiqib keta olamiz. Bunday holatga tushib qolishda barchamiz aybdormiz”, — deydi Fyodorov.

Ushbu g‘alabadan keyin “So‘g‘diyona” ochkolari 7 taga yetgan bo‘lsa, “Lokomotiv” ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchrab, ochkolari (6) o‘zgarishsiz qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют