» » O‘zbekistondagi OTMlarga hujjat topshirishning ilk kunida qancha abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi

O‘zbekistondagi OTMlarga hujjat topshirishning ilk kunida qancha abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum qilindi


20-iyundan 2020/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Davlat test markazining ma’lum qilishicha, hujjat topshirishning ilk kuni – 20-iyun 18:00 holatiga ko‘ra, 14 524 nafar abituriyent OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan.

Ularning 9325 nafari kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha, 4933 nafari sirtqi, 266 nafari esa kechki ta’lim shakli bo‘yicha hujjat topshirgan.

OTMlar joylashgan hududlar bo‘yicha topshirilgan hujjatlar soni:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTMlariga 2020/2021-o‘quv yili uchun tasdiqlangan qabul kvotalariga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga 103 575 nafar, sirtqi ta’lim shakliga 31 350 nafar, kechki ta’lim shakliga esa 5025 nafar talaba qabul qilinadi. Magistratura bosqichiga esa 10 425 kvota berilgan. Shuningdek, OTMlariga kirish uchun 2020-yilda 7 toifadagi 8694 nafar abituriyentga imtiyozli davlat granti ajratiladi. Xotin-qizlarning OTMga kirishida qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti asosida kvota ajratiladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют