» » Buxoroda aholi orasida 11 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 6216 kishiga yetdi

Buxoroda aholi orasida 11 kishida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda kasallanganlarning umumiy soni 6216 kishiga yetdi


O‘zbekistonda 21-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, yana 63 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan. 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan. 1907 bemor shifoxonalarda davolanmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 20-iyun kuni 207 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют