» » “Borussiya D” Bundesligadagi shaxsiy rekordini yangiladi

“Borussiya D” Bundesligadagi shaxsiy rekordini yangiladi


Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliga 33-turida safarda “Leypsig”ni 2:0 hisobida taslim etdi. “Arilar”ning ikkala goliga Erling Holand muallif bo‘ldi.

Dortmundliklar Germaniya chempionati joriy mavsumida 84 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Lyusyen Favr qo‘l ostidagi jamoa bu borada klub rekdordini yangiladi. Avvalgi eng yaxshi natija 82 ta golga teng edi.

“Borussiya D” ochkolarini 69 taga yetkazib qo‘ygan holda, ikkinchi o‘rinni naqd qildi. Avvalgi turda “Bavariya” chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygandi.

So‘nggi turda Dortmund shahri klubi o‘z uyida “Hoffenhaym”ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin 27-iyun, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют