» » “Sevgi iztirobi” filmi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi

“Sevgi iztirobi” filmi yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi


Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluni ish bilan ta’minladi, deb xabar beradi “Rusturkey.com”.

Qayd etilishicha, Neslihan turmush o‘rtog‘iga o‘z menejeri sifatida faoliyat yuritish imkonini bergan.

“Men avvalgi menejerim bilan boshqa ishlamayman, aminmanki turmush o‘rtog‘im bu vazifani yaxshiroq uddalaydi”, — degan aktrisa.

Neslihan turmush o‘rtog‘iga qancha oylik berishi haqidagi savolga javob berishni istamagan. Biroq Kadir Dog‘ulu ishni xayrixoh tarzda boshlashga rozi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Neslihan Atagul o‘zbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” hamda “Ishq sohillari” kabi seriallardagi ijrosi bilan tanilgan.

Mavzuga doir: Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют