» » Zinedin Zidan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Unda Isko va Luka Yovich yo‘q

Zinedin Zidan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Unda Isko va Luka Yovich yo‘q


Madridning “Real” jamoasi Toshkent vaqti bilan 22-iyunga o‘tar kechasi, soat 01:00 da safarda “Real Sosyedad” bilan bahsga kirishadi.

Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan jarohat olgan Isko, Nacho, Lukas Vaskes kabi futbolchilar o‘rin olmagan. Shuningdek, yaqinda safga qaytgani aytilgan Luka Yovich ham qaydnomaga kiritilmagan.

“Real Sosyedad”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba Madrid klubini La Liga peshqadamiga aylantiradi.

O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Xavi Ernandes.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Xames Rodriges.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют