» » Manikyur uzoq turishi uchun nima qilish kerak?

Manikyur uzoq turishi uchun nima qilish kerak?


Ayol kishining nafaqat ichki dunyosi, balki tashqi qiyofasi ham go‘zal bo‘lishi kerak. Xunuk ayol bo‘lmaydi, shunchaki o‘ziga e’tiborsiz ayol bo‘ladi, degan gapda ham jon bor.

Go‘zallik faqatgina makiyaj qilish bilan o‘lchanmaydi, yuvilmagan sochlar, yomon ifor va betartib tirnoqlar ayol kishi haqida yetarlicha taassurot beradi. Tirnoq tartibli ko‘rinishi uchun aslida ortiqcha xarajat qilishning keragi yo‘q. Ozgina e’tibor va hafsala bo‘lsa bo‘lgani. Manikyur uzoq vaqtga yetishi uchun nima qilish kerak? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Mavzuga doir: Ayollar haqida yomon taassurotga sabab bo‘luvchi 5 gigiyenik xato

1. Tirnoq chetidagi teriga muntazam ravishda yog‘ surtib turing.

Teri uchun foydalanadigan vositangiz tarkibini diqqat bilan o‘rganing, mineral yog‘ va kimyoviy komponentlarga boymi yoki yo‘?q ko‘?zdan kechiring. Aslida tirnoq chetidagi teri uchun mo‘ljallangan, shaftoli va atirgul bargining yog‘lari mavjud, lekin siz uyingizda bor boshqa bir kosmetik yog‘dan alternativ sifatida ham foydalanishingiz mumkin.

2. Haftada bir marta tirnoq chetida o‘sadigan terini maxsus manikyur tayoqchasi orqali tartiblab turing.

Bu vaqtda ehtiyotkor bo‘lishga, teri va tirnoqni zararlamaslikka harakat qiling. Iloji bo‘lsa, dush qabul qilganingizdan keyin tozalang. Bu vaqtda teri yumshagani sabab tartibga keltirish oson bo‘ladi.

3. Mustaqil ravishda manikyur qilishdan avval, mutaxassisdan maslahat oling.

Birinchi martada o‘zboshimchalik qilmang. Yuzingiz, teringiz singari tirnoqlaringiz ko‘rinishi uchun vaqt ajrating. Manikyurning qancha uzoq turishi, sizga va masterga bog‘liq. Ko‘pincha 3 haftada manikyurni yangilashga to‘g‘ri kelinadi.

4. Teringizni quyosh nuridan saqlang.

Yozda quyosh nuri ta’sirida qo‘l terisining erta qarishini oldini olish maqsadida SPF vositalardan foydalanishni kanda qilmang. Ultrabinafsha nurlari teri salomatligi va ko‘rinishiga ta’sir qilishini yoddan chiqarmang.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют