WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » “Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi
“Sevgi iztirobi” seriali yulduzi Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘ini ishga oldi
Turkiyalik taniqli aktrisa Neslihan Atagul turmush o‘rtog‘i Kadir Dog‘uluni ish bilan ta’minladi, deb xabar beradi “Rusturkey.com”.
Qayd etilishicha, Neslihan turmush o‘rtog‘iga o‘z menejeri sifatida faoliyat yuritish imkonini bergan.
“Men avvalgi menejerim bilan boshqa ishlamayman, aminmanki turmush o‘rtog‘im bu vazifani yaxshiroq uddalaydi”, — degan aktrisa.
Neslihan turmush o‘rtog‘iga qancha oylik berishi haqidagi savolga javob berishni istamagan. Biroq Kadir Dog‘ulu ishni xayrixoh tarzda boshlashga rozi bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Neslihan Atagul o‘zbek tomoshabinlariga “Sevgi iztirobi” hamda “Ishq sohillari” kabi seriallardagi ijrosi bilan tanilgan.
Mavzuga doir: Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?