» » IIV rahbariyati, Andijon hokimligi va viloyat IIB vakillari ichki ishlar bo‘limidagi qiynoqlardan so‘ng vafot etgan fuqaroning oilasidan uzr so‘radi

IIV rahbariyati, Andijon hokimligi va viloyat IIB vakillari ichki ishlar bo‘limidagi qiynoqlardan so‘ng vafot etgan fuqaroning oilasidan uzr so‘radi


Andijonda qimmatbaho tosh tufayli ichki ishlar bo‘limida qiynoqqa solingan, may oyida shifoxonaga yotqizilgan va 11-iyunda vafot etgan fuqaroning o‘limidan keyin Andijon viloyati hokimligi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi marhumning oila a’zolaridan uzr so‘rab, hamdardlik bildirgani ma’lum qilindi. Bu haqda 1991–2006-yillar davomida Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan, 2018-yil fevral oyidan buyon vazir maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Zokirjon Almatov “Kun.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Afsus bilan aytaman, bizning xodimlar orasida ham o‘zini tuta olmaydigan, o‘z lavozimini o‘ylaydiganlar uchrab turadi. Yaqinda Andijonda bo‘lgan voqeani nadomat bilan gapiraman... Bir yigit ichki ishlar organlari xodimlari harakatining qurboni bo‘ldi. Bu xudbin, ichki ishlar xodimlarining nomiga dog‘ tushirgan odamlar kecha-yu kunduz ishlayotgan boshqa xodimlarning obro‘siga putur yetkazdi. Ular militsiyaga xoinlik qildi.

Ichki ishlar rahbariyati, Andijon viloyat IIB, Andijon viloyat hokimligi vafot etgan fuqaroning uyiga borib hamdardlik bildirdi, uzr so‘radi. Afsuski bunday voqealar bo‘lib turibdi. Bunaqa xodimlarga qarshi keskin chora ko‘rilmoqda. Ularni ishdan haydash, kerak bo‘lsa, qonuniy chora ko‘rish vazifasi berilgan. Bunday xodimlar avval ham jazolangan, bundan keyin ham jazolanadi”, – degan Ichki ishlar vazirining maslahatchisi.

Mavzuga doir: “IIV rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘ysa yaxshi bo‘lardi”. Deputat Andijondagi zo‘ravon IIB xodimlari haqida

2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoraladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov bir fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Andijon shahar IIB xodimlari harakatiga munosabat bildirib, Andijon shahar IIB xodimlarining noo‘rin munosabati asnosida kasb sha’ni oyoqosti qilingani, bir inson eng oliy huquqi bo‘lgan yashash ne’matidan mosuvo bo‘lgani, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va aholi tomonidan davlatning xalqaro imijini yaxshilash uchun qilinayotgan ko‘p sonli harakatlarga putur yetganini ta’kidladi. “Yuksalish” umummilliy harakati hodisaga munosabat bildirib, voqea huquqni muhofaza qilish organlari tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ko‘rsatganini qayd etgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev ushbu vaziyat bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirib, IIV rahbariyati marhum yigitning oilasidan loaqal bir og‘iz kechirim so‘rab qo‘yishi kerakligini aytgan.

Mavzuga doir: Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют