» » Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘l ochildi

Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘l ochildi


Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘liga o‘tish yo‘li ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar qildi.

“Qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB tashabbusi bilan poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa avtomobil yo‘liga o‘tish yo‘lini ochish bo‘yicha ishlar olib borildi”, – deyilgan boshqarma bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni Toshkent shahar hokimligi Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Maxtumquli ko‘chasiga (eski ToshMI) olib chiquvchi qo‘shimcha yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 13-iyungacha yopilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

8-iyunda Toshkent shahridagi kichik halqa yo‘li ko‘chasida va ushbu ko‘cha bilan boshqa kesishmalarda yo‘lni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, Farg‘ona yo‘li va kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomoni hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasiga bo‘lgan oraliqdagi ko‘prikning bir tomonlama harakatlanish qismi yopilishi xabar qilingan.

4-iyunda Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi, undan avval esa Sergelida tuman hokimligidan O‘zgarish ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchalik yopilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют