» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 17 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 3 ming kishidan oshdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 17 ming kishidan, Qirg‘izistonda esa 3 ming kishidan oshdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 446 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,7 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 17 225 kishiga yetgan. Hozirga qadar 10 671 kishi sog‘aygan, 118 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 8845 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Nursulton Nazarboyevda koronavirus aniqlandi

Qirg‘izistonda 21-iyun holatiga ko‘ra, yana 170 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 56 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Bundan tashqari, kasallik belgisiz o‘tayotgan 575 ta holat aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 3151 kishiga yetdi, ularning 37 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2011 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Bishkek merida koronavirus aniqlandi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 546 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 28 424 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 173 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 569 kishiga yetdi, hozirga qadar 8292 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 330 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 63,9 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5399 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 61 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 64 kishiga shifoxonadan javob berilgan bo‘lib, hozirda Tojikistondagi tibbiyot muassasalarida 116 kishi davolanmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3894 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir:Tojikiston 1-iyuldan O‘zbekiston va BAA bilan aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

O‘zbekistonda 21-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 4290 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (69 foiz) sog‘aygan. 19 nafari kasallik asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют