» » Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 26 kishida, Janubiy Koreyada esa 48 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida 26 kishida, Janubiy Koreyada esa 48 kishida koronavirus aniqlandi


Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 26 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlandi. Bemorlarning 3 nafari sog‘aydi, vafot etish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aniqlangan holatlarning 25 tasi mamlakatning o‘zida, 1 tasi chetdan yuqtirilgan.

Bir kun avval koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 27 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 7 ta holat aniqlangandi. Ularning aksariyati Pekinning Fentay hududidagi “Sinfadi” eng yirik ulgurji bozori bilan bog‘liq bo‘lib, ayni paytda bozor yopilgan.

Mamlakatda umumiy hisobda 83 378 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 78 413 nafari sog‘aygan, 4634 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Pekindagi bozorda aniqlangan COVID-19 genomining ma’lumotlari aniqlandi

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida yana 48 kishida koronavirus aniqlandi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 421 kishiga, sog‘ayganlar esa 10 868 kishiga yetdi. COVID-19 qurbonlari soni esa 280 kishini tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazining (KCDC) ta’kidlashicha, kasallanganlarning 40 nafari virusni mamlakatning o‘zida, 8 nafari chetdan yuqtirgan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 12 kishiga kasalxonalardan javob berilgan. Janubiy Koreyada hozirga qadar koronavirusga 1,17 million kishi tekshirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga Xitoy va Koreyadan kelganlar endi karantinga olinmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют