» » Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Xorazmda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro tok urishi oqibatida halok bo‘ldi


Xorazm viloyati Xiva tumanida elektr energiyasi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanmoqchi bo‘lgan va simyog‘ochga tirmashib chiqqan fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar qilgan.

“21-iyun kuni soat 06:30 larda Xiva tumanining “Juryon” mahallasida fermer xo‘jaligi rahbari N.I. Xiva tuman elektr ta’minoti korxonasini ogohlantirmasdan, o‘zboshimchalik bilan fermer xo‘jaligi nasosini tarmoqqa noqonuniy ravishda ulash uchun 0,4 kilovattlik elektr ustuniga chiqqan.

Tarmoqqa ulanish paytida transformatorning 2-fideri o‘chirilmagani oqibatida fuqaroni katta kuchlanishli tok urgan va u voqea joyida halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlar o‘rganish ishlarini boshlagan.

“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi fuqarolardan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanmaslikni, buning uchun tegishli tartibda ariza bilan murojaat qilishni so‘ragan.

Mavzuga doir: Xorazmda quruvchilarni tok urdi. Ulardan ikki nafari vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют