» » Samarqandda qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqandda qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi


Samarqand shahrida IIB hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh qimorbozlar faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 1976-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan Sherzod (barcha ismlar o‘zgartirilgan) o‘zining yashash uyida 1961-yilda tug‘ilgan Marat ismli shaxsga qimor o‘yinini o‘tkazishga sharoit yaratib bergan. Marat esa 11 nafar sherigini chaqirib, qimor o‘yinini tashkil qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida voqea joyidan 10 million 545 ming so‘m, 3 ming 650 dollar pul, qimor o‘yinida foydalanilgan 24 dona raqamli tosh, 195 dona poker fishkasi, 16 ta o‘yin kartasi, 1 dona narda va ushbu qimor o‘yiniga kelgan mijozlarni ro‘yxatga olish va poker fishkasini tarqatish uchun tutilgan ikkita daftar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Shaxsini aniqlashtirish maqsadida 13 nafar fuqaro Samaqand shahar IIO FMB binosiga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov oldi surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют