» » JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilanganini ma’lum qildi

JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha sutkalik rekord yangilanganini ma’lum qildi


O‘tgan bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab 183 020 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining hisobotida keltirilgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 8,7 million kishidan, Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha esa 8,9 million kishidan oshgan.

O‘tgan bir sutka davomida kasallanish bo‘yicha eng ko‘p holatlar (116 mingdan ortiq) Shimoliy va Janubiy Amerikada qayd etilgan. 21-iyun holatiga ko‘ra, Braziliyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 17,4 ming kishiga ko‘paygan, virus qurbonlari soni esa 50 ming kishidan oshib ketgan.

Butun dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha bundan oldingi sutkalik rekord 20-may kuni qayd etilgandi — 106 ming bemor.

Avvalroq Braziliyada COVID-19 bilan kasallanish holatlari 1 milliondan, butun dunyoda esa 8 milliondan oshgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, 29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21-mayda 5 milliondan, 31-mayda 6 milliondan, 8-iyun kuni esa 7 milliondan oshib ketgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют