» » JSST: Koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashadi

JSST: Koronavirusga qarshi uchta vaksina sinovlarning so‘nggi bosqichida qatnashadi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga qarshi 300 ga yaqin vaksina klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchta vaksinaning yakuniy bosqich sinovlarida qatnashishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda JSSTning ilmiy xodimi Sumiya Svaminatanga tayanib, BMTning yangiliklar xizmati xabar berdi.

Yakuniy bosqichdan so‘ng ekspertlar vaksina qanchalik samarali va xavfsiz ekanligini aniq ayta oladi. Svaminatanning ogohlantirishicha, bu juda murakkab jarayon va hozircha muvaffaqiyatga erishilishiga to‘liq ishonib bo‘lmaydi.

“Ijobiy jihati shundaki, bizda bir nechta nomzod-vaksinalar mavjud. Birortasi barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, yil oxiriga borib bozorda bir yoki bir necha vaksinaning yuz millionlab dozasi paydo bo‘ladi. Yana milliardlab doza 2021-yilga borib tayyor bo‘ladi”, — deydi ilmiy xodim.

JSST hozirda kelajakdagi emlash uchun ustuvor guruhlarni shakllantirmoqda, undan dastlab haydovchilar va tez yordam xodimlari, tibbiyot, politsiya, oziq-ovqat do‘konlari va sanitariya xizmatlari xodimlari o‘rin oladi.

Ekspertlarning hisoblashicha, dastlabki bosqichida keksalar, shuningdek, qon bosimi, qandli diabet va demensiya kabi kasalliklardan aziyat chekuvchilar emlanishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshlarida Yaponiya hukumati koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda Amerikaning virusga qarshi tajribaviy “Remdesivir” preparatidan foydalanishni ma’qullagan edi. Kasallik o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy esa vaksina yaratilsa, uni butun dunyoga tarqatishga va’da bergan.

Mavzuga doir: “Bunga raddiya berishning o‘zi ahmoqona”. Bill Geyts koronavirus vaksinasi orqali insoniyat chiplashtirilayotgani haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют