» » Andrey Shipilov: “Lokomotiv”ni yutganimizdan keyin “Andijon”ga mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi

Andrey Shipilov: “Lokomotiv”ni yutganimizdan keyin “Andijon”ga mag‘lub bo‘lishga haqqimiz yo‘q edi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 5-turi doirasida o‘tgan “Andijon” — “Metallurg ” uchrashuvidan (0:2) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“O‘tgan turdagi g‘alabadan keyin ishtiyoqimiz yuqori edi. Bugungi raqib bilan o‘tgan turda bir kunda o‘ynagandik, shu sababli, ikki klubda ham dam olish kuni bir xil edi. Maydon haqida hech narsa demayman, faqat chimlari o‘sgan edi. Shu narsa qiyinchilik tug‘dirdi. Ikkinchi bo‘limda havo harorati biroz pasaygani uchun o‘ynash oson bo‘ldi. Umuman olganda, bugungi o‘yindan qoniqdim. “Lokomotiv” bilan o‘yindan keyin yutqazishimizga haqqimiz yo‘q edi”, — deydi Shipilov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “burgutlar” ustozi Diyorbek Mirzaboyev qatnashdi.

“Hozir har qanday fikrim bahonaga o‘xshashi mumkin. Barcha aybni darvozabonga ag‘darmagan bo‘lardim. Xabaringiz bor, jamoamizga yangi murabbiy kelgan. Yangi murabbiy o‘z falsafasini yigitlarga yetkazishi uchun vaqt talab qilinyapti.

Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga chiqishni niyat qilamiz, lekin niyatning o‘zi kamlik qiladi. Ishlashimiz kerak, faqat mehnat talab qilinadi. Vaqti kelib Viktor Kumikovning imzosi bilinadi. Hozir uning falsafasi ostida ishlayapmiz”, — dedi Mirzaboyev.

Mazkur g‘alabadan keyin “Metallurg” ochkolarini 10 taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, “Andijon” 2 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют