» » AQSh kongressi va Amerika maxfiy xizmatlari rahbarlari prezidentlik sayloviga “Rossiyaning aralashuvi”ni muhokama qiladi

AQSh kongressi va Amerika maxfiy xizmatlari rahbarlari prezidentlik sayloviga “Rossiyaning aralashuvi”ni muhokama qiladi


AQSh Kongressi vakillar palatasining razvedka qo‘mitasi Rossiyani AQShdagi prezidentlik sayloviga aralashuvi taxmin qilinayotgan tergov ishini 2-may kuni ko‘rib chiqishni belgiladi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Muhokamaga Federal qidiruv byurosi direktori Jeyms Komi hamda Milliy xavfsizlik agentligi rahbari Maykl Rojerslar taklif qilingan. Bo‘lib o‘tadigan sud ishida Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq boshlig‘i Jon Brennan, Milliy razvedka sobiq direktori Jeyms Klepper hamda AQSh bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari Salli Yetslarning kelishi ham kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yil iyulda, AQSh Demokratik partiya saylovoldi syezdiga ikki hafta qolganida Wikileaks sayti “anonim aktivistlar” tomonidan yuborilgan, demokratlar milliy qo‘mitasi serverlaridan ko‘chirib olingan 19 ming xat va 8 ming faylni e’lon qilganidan so‘ng Rossiya diqqat markazga tushib qolgandi. Amerika rasmiylari va kiberxavfsizlik doirasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar kiberhujumda “ruslar izini” ko‘rganlini, buzilish ortida Bosh razvedka boshqarmasi va Federal xavfsizlik xizmati turganini ma’lum qilgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют